Fastfud mahsulotlari savdosi bilan shug`ullanuvchi McDonald’s restoranlar tarmog`i Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o`z tarixida ilk marotaba logotipini o`zgartirdi. Kompaniya “M” xarfini “W” shakliga o`zgartirgan. Bu esa women, ya`ni ayollar ma`nosini anglatadi. “W” harfi restoranlarda unda xizmat ko`rsatayotgan ofisiantlar bosh kiyimida va kompaniyaning rasmiy saytiga ham joylangan.






