Bolalikdan II guruh nogironiman. 1988 yil tug`ilganman. Har ikki yilda komissiyadan o`tib, nogironlik nafaqamni uzaytiraman. Menga umrbod pensiya tayinlash mumkin emasmi?
Bekzod Abdurahmonov, Samarqand shahri
— Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 15 sentyabrda 2005-son bilan ro`yxatga olingan “16 yoshgacha bo`lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to`g`risida”gi Nizomning (yangi tahrirda) 13-bandiga ko`ra, Tibbiy ko`rsatmalar ro`yxatining III bo`limida (“16 yoshgacha bo`lgan muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomi va ularning patologik holatlari" ) ko`rsatilgan holatlar, ya`ni o`z-o`ziga xizmat qilishning to`liq yo`qolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turg`un va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan a`zo va uning tizimlarining patologik holatlarida tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to`lgungacha bo`lgan muddatga beriladi. Bunda, bolalarning ahvolini dinamik kuzatish, ularni reabilitasiya texnik vositalari bilan ta`minlash va hayotga moslashuvchanligini belgilash maqsadida tibbiy xulosa dastlab 2 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat tugagach TMK tomonidan tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to`lgungacha bo`lgan muddatga beriladi.