AsosiyJamiyat

Toshkent shahar IIBB boshlig`i poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o`tkazadi

'Toshkent shahar IIBB boshlig`i poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o`tkazadi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB boshlig`i R. Jo`raev poytaxt aholisi bilan ochiq telemuloqot o`tkazadi. Bu haqda boshqarma saytida ma`lum qilindi.

«Yaqin kunlarda ilk marotaba O`zbekiston ichki ishlar vazirining o`rinbosari – Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i R. Jo`raevning poytaxtimiz aholisi bilan ochiq telemuloqoti bo`lib o`tadi», — deyiladi xabarnomada.

Tadbir O`zbekiston Prezidentining 14 fevraldagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to`g`risida»gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Muloqotga qo`shilishni istaganlar o`zini qiziqtirgan savollarni «Info@guvd.uz» elektron pochtasiga yuborishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar