Hi-Tech City Xalqaro yuqori texnologiyali innovasion markaz Amir Temur, Kichik halqa yo`li, Sandiqqo`rg`on va Iftixor ko`chalari o`rtasidagi hududda joylashadi.
Avvalroq Hi-Tech City qurilishi uchun to`rtta variant taklif etilgani xabar qilingan edi. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 1,4 milliard dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda O`zbekiston poytaxtida qiymati 1 milliard dollarga teng Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi ham qurilmoqda.






