AsosiyDunyo

Latofatli Sheron Stoun tavallud ayyomini nishonlamoqda: u 60 yoshda (Foto)

'Latofatli Sheron Stoun tavallud ayyomini nishonlamoqda: u 60 yoshda (Foto)'ning rasmi

1958 yilning 10 martida AQShning Pensilvaniya shtati Midvill shahridagi bir oilada qizaloq dunyoga keladi. O`shanda qizaloqning ota-onasi uni dunyoga mashhur aktrisa bo`lib etishishini xayollariga ham keltirishmagandi. Bu – har qanday rolni qoyillatib ijro etadigan aktrisa Sheron Stoun edi, deya ma`lum qilmoqda Kino-teatr.ru nashri.


Ilk rolini mashhur rejissyor Vudi Allenning “Yulduzlar changini xotirlab” kartinasidan boshlagan Sheron kino olami uning “ko`zir tuzi” ekanligini anglaydi va jon-jahdi bilan kino san`ati ummoniga sho`ng`iydi.

Sheron Stoun o`z davrining eng mashhur aktyorlari bilan turfa janrdagi kinofilmlarda turlicha rakurslardagi rollarni ijro etgan: Stiven Sigal bilan “Qonun ustidan”, Arnold Shvarsenegger bilan “Barchasini yodga olish”, Silvestr Stallone bilan “Mutaxassis”, Maykl Duglas bilan “Asosiy sezgi”, Robert De niro bilan “Kazino” kinokartinalarida bash qahramon ayol obrazlarini yaratgan.

Sheron Stounning eng mashhur filmi bu, aytish mumkinki, 1995 yili suratga olingan “Jadal va jonsiz” filmi edi. Ushbu filmda ko`plab mashhur aktyorlar suratga tushgandi: Jin Xekman, Rassel Krou, Tobin Bell va h.k. Sheron o`shanda iqtidori endi-endi namoyon bo`layotgan Leonardo Di Kaprioni “Bolakay” roliga chaqiradi. Turgan gap, tajribali aktrisaning maslahatiga quloq solgan Leo xato qilmaydi: bu film uning uchun o`ziga xos tajriba bo`ladi...

Hozirda 60 yoshni qarshilagan aktrisa hamon o`z latofatini yo`qotgani yo`q.

Boshqa yangiliklar