Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv xizmatiga 10 mart kuni fuqaro M.Ibragimova tomonidan Uchtepa tumani, «Bog`iston» mahallasida daraxt qulab tushib, 2 ta engil avtomashinani bosib qolgani, shuningdek, gaz quvuriga shikast etkazgani bo`yicha murojaat kelib tushdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma`lum qildi.
Ma`lumot olinganidan so`ng navbatchi smena qutqaruvchilari D.Nurmetov, X.Shonusratov, A.Abidov, M.Kaybullaev va S.Abduxalilov zudlik bilan voqea sodir bo`lgan joyga etib bordi.
Qutqaruvchilar va tuman kommunal xizmatlari tomonidan daraxt arralanib, shikastlangan avtomobillar chiqarib olindi. Shuningdek, gaz ta`minoti quvurlari ta`mirlandi.
Voqea natijasida jarohatlanganlar yo`q.







