AsosiyJamiyat

Leonid Yakubovich Buxoroga tashrif buyurdi

'Leonid Yakubovich Buxoroga  tashrif buyurdi'ning rasmi

O`tgan juma-shanba kunlari Leonid Yakubovich Buxoroda bo`ldi, deb xabar qilmoqda LiveBukhara.uz sahifasi.

“9-10 mart kunlari “Rossiya yahudiylar kongressi” delegasiyasi Buxoroga tashrif buyurdi. Delegasiyaga kongress direktori Yuriy Kannerov boshchilik qildi. Mashhur teleboshlovchi Leonid Yakubovich unga hamrohlik qildi”, — deyilgan xabarda.

Buxoroda mehmonlar mahalliy yahudiylar jamoati vakillari bilan uchrashishdi, yahudiylar madaniy markaziga tashrif buyurishdi. Buxoro hokimi Karim Kamolov mehmonlarni shahar obidalari bilan tanishtirdi. Shundan so`ng mehmonlar viloyat Yoshlar markaziga tashrif buyurishdi hamda hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar olib borishdi.


    Boshqa yangiliklar