AsosiyJamiyat

Buxoroda surxondaryolik kissavur ayollar qo`lga olindi

'Buxoroda surxondaryolik kissavur ayollar qo`lga olindi'ning rasmi

G`ijduvon tuman IIBga, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Yangirabod MFY, Shirinobod qishlog`ida yashovchi 1988 yilda tug`ilgan Zulfiya G`afforova ariza orqali murojaat qilib, 6 mart kuni soat 10:35 larda “Xo`jai Jahon” savdo majmuasiga xarid qilish uchun kirgan vaqtida qo`lidagi sumkasini kesish qo`li bilan uning ichida bo`lgan 900.000 so`m naqd pullari o`g`irlab ketilganligini bildiradi.

Tezkor xodimlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Sariosiyo MFY, Do`stlik qishlog`ida yashovchi, 1964 yilda tug`ilgan Shamsiev Shiringul Mirzomurodovna va shu manzilda yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan G`ulomova Nargiza Ismoilovnalar sodir qilganliklari aniqlanib, shu kunning o`zida ularning har ikkalasi daliliy ashyolar bilan qo`lga olinganlar.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Niyozova va N.G`ulomovalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar