AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "jinsiy qullik"ka jo`natish bilan shug`ullangan ayol qo`lga olindi

'O`zbekistonda "jinsiy qullik"ka jo`natish bilan shug`ullangan ayol qo`lga olindi 'ning rasmi

O`zbekiston huquq tartibot organ xodimlari fohishalik bilan shug`ullanish uchun ayollarni jo`natish ishlarini yo`lga qo`yishda gumonlanayotgan Qozog`iston fuqarosi qo`lga olindi, deb xabar qildi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xabarda aytilishicha, 2018 yil 6 mart kuni fuqaro G.O. Sirdaryo viloyati IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 1985 yilda tug`ilgan fuqaro M.Sh. va 1975 yilda tug`ilgan Qozog`iston Respublikasi fuqarosi S.N.lar uni Qozog`iston Respublikasi, Ostona shahrida fohishalik bilan shug`ullanish uchun yuborib, har oyda 2000 dollari pul topishini, foydasining 50 foizini ularga berishini aytib qiziqtirayotganliklarini ma`lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Joiy yilning 9 mart kuni ichki ishlar organi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-tadbir natijasida N.S. va Sh.M.lar Qozog`iston Respublikasi, Chimkent shahriga Sirdaryo tumani, Quyosh MFYda joylashgan "Sirdaryo" chegara maskani orqali G.O.ni shaxvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborishmoqchi bo`lgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi "e,z" bandlari (odam savdosi, ya`ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, jabrlanuvchini O`zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o`tgan holda) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar