1

Tojikiston IIV jinoyatlar haqida xabar berish bo`yicha fuqarolar o`rtasida tanlov e`lon qildi

Dunyo 13.03.2018, 15:58
Tojikiston IIV jinoyatlar haqida xabar berish bo`yicha fuqarolar o`rtasida tanlov e`lon qildi

Tojikiston ichki ishlar vazirligi fuqarolar o`rtasida jinoyatlar haqida xabar berish bo`yicha tanlov e`lon qildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Tanlovda istagan odam qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan jinoyatlar, huquqbuzarliklar va boshqa hodisalar haqida xabarlar berish talab qilinadi.

Xabarlarni mashhur messenjerlar orqali, shu bilan birga vazirlikning elektron pochtasiga yuborish mumkin. “Ma`lumot bergan odamning shaxsi sir tutiladi”, deb axborot berdi Tojikiston IIV.

Tanlov muddati chegaralanmagan. Uning natijalari har olti oyda o`rganilib, faol ishtirokchilar pul va qimmatbaho sovg`alar bilan mukofotlanadi.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1