AsosiyDunyo

Sankt-Peterburgdagi ko`p qavatli uyda portlash sodir bo`ldi

'Sankt-Peterburgdagi ko`p qavatli uyda portlash sodir bo`ldi'ning rasmi

Sankt-Peterburg shahrining Krasnoselskiy tumanidagi ko`p qavatli uyda portlash ro`y berdi, deb xabar berdi RIA Novosti xabariga tayangan holda O`z.A.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa tumandagi 219-uyda sodir bo`lgan. Oqibatda ikki kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, ettinchi, sakkizinchi va to`qqizinchi qavatlarning shifti qulab tushgan.

Tezkor xizmatlar vakilining so`zlariga ko`ra, portlash maishiy gaz sababli yuz bergan bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar