1

Singapur "Eng aqlli shaharlar" reytingida etakchilik qildi

Dunyo 14.03.2018, 10:30
Singapur "Eng aqlli shaharlar" reytingida etakchilik qildi

Singapur poytaxti Singapur shahri dunyodagi “Eng aqlli shaharlar” reytingida etakchi deb topildi.

Bunday xulosaga “Juniper Research” konsalting kompaniyasi “Intel” korporasiyasi bilan hamkorlikda olib borgan tadqiqot natijasida kelindi.
Reytingni belgilashda internet-texnologiyalari rivoji va ularni ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga kirib kelishi darajasi inobatga olindi.

Mualliflar shahar xo`jaligi, tibbiy xizmatlar ko`rsatish, jamoatchilik xavfsizligini ta`minlash, shuningdek, ishlab chiqarish jabhalariga IT-texnologiyalar integrasiyasini o`rganib chiqishdi.

Xususan, Singapurda transport oqimini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi haydovchilarga bir yilda 60 soatni tejash imkonini beradi.
Ushbu shahar tibbiyot sohasida texnologiyalarni qo`llashda ham etakchi deb topildi.

Ayni chog`da Singapur keksa kishilarni ularning salomatligini nazorat qilish, ularga tez tibbiy yordam ko`rsatish zarurligi haqida ogohlantirish imkoniyatini beruvchi mobil ilovalar bilan ta`minlash borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayapti.

Ushbu ro`yxatda keyingi o`rinlardan Buyuk Britaniyaning London, undan so`ng esa AQShning Nyu-York, San-Fransisko, Chikago shaharlari joy oldi. Janubiy Koreyaning Seul va Yaponiyaning Tokio shaharlari ham kuchli o`nlikkka kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1