AsosiyDunyo

Yaponiyada yirik xazina topildi

'Yaponiyada yirik xazina topildi'ning rasmi

Xasuda shahridagi arxeologik qazishmalarda qo`lga kiritilgan xazina Yaponiya tarixidagi eng yirigi deb hisoblanmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

Tuproq ostidan chiqqan xumning bo`yi 70 santimetr bo`lib, uning ichidagi mis tangalar soni 260 ming dona. Eng qizig`i mis chaqalarning bari teshik. Bu ular ipga tizilgan holda ko`milganidan dalolat ekan.

Arxeologlar topilmani XV-XVI asrlarga tegishli, deb hisoblamoqda.

Ayni vaqtda xazina ko`rgazmaga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar