AsosiyDunyo

Qozog`istonda Navro`z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko`rpa tikiladi

'Qozog`istonda Navro`z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko`rpa tikiladi'ning rasmi

Olmaota shahrida Navro`z bayrami munosabati bilan 150 ga yaqin tadbir o`tkaziladi, deb xabar beradi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi.

Xabarda qayd etilishicha, megapolisning barcha tumanlarida konsert maydonlari o`rnatiladi. Shu bilan birga sport bellashuvlari, yoshlar aksiyalari, ko`rgazmalar ham uyushtiriladi. Bu kabi tadbirlar ichida 22 martda o`tkazilishi rejalashtirilayotgan choyxo`rlik marosimi ham bor. O`sha kuni shaharning “Jibek Jol» ko`chasidagi maydonga sig`imi 2 ming litrga teng ulkan piyola o`rnatiladi. Tashkilotchilar 20 mingdan ziyod mehmonni choy bilan siylashni mo`ljallab qo`ygan.

Olmaotaliklar Navro`z bahonasida dunyodagi eng uzun quroq ko`rpani tikib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirishni ham maqsad qilib qo`ygan. Bu ko`rpaning hajmi 25 ming 500 kvadrat metr bo`lishi kutilmoqda.

Olmaotada Navro`z shodiyonalari aprel oyiga qadar davom etadi.



    Boshqa yangiliklar