Namangan viloyati Mingbuloq tumani Jomashuy shaharchasidagi g`isht zavodining soliqdan bo`lgan qarzi 302 million so`mni tashkil etgan.
Bu to`g`rida mulk egalari tegishli tartibda rasman ogohlantirilishiga qaramay, qarzdorlik bartaraf etilmagani uchun amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq majburiy ijro byurosi tomonidan g`isht zavodi xatlovga olindi.
O`zA xabariga ko`ra, endilikda mazkur zavodga qarashli bino-inshootlar sotuvga qo`yilib, undan tushgan mablag` soliq to`loviga yo`naltiriladi.
– Viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi hamkorligida soliqlardan mavjud qarzdorliklarni undirish bo`yicha o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari o`z samarasini bermoqda, – deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi bo`lim boshlig`i A.A`zamxonov. –O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig`imlarni to`lashga majburdirlar” deb belgilab qo`yilgan. Bu boradagi burchini unutganlarning qarzdorligi majburiy tartibda undiriladi.
14.03.2018 21:52
Namanganda g`isht zavodi xatlovga olindi






