AsosiyJamiyat

Milliy xavfsizlik xizmati qayta tashkil etildi

'Milliy xavfsizlik xizmati qayta tashkil etildi'ning rasmi

2018 yil 14 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi farmoni e`lon qilindi.

Bu haqda @huquqiyaxborot kanalida ma`lum qilindi.

Farmon bilan O`zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati deb qayta tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O`zbekiston Respublikasining Konstitusion tuzumini, suverenitetini, hududiy dahlsizligini va davlat manfaatlarini tashqi hamda ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilandi.

2018 yil 1 apreldan boshlab Xizmatning ruxsat berish xarakteridagi ayrim vakolatlari boshqa tashkilotlarga berildi, ayrimlari bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar