1

“Istiqlol” san`at saroyida jinoyatchi ushlandi

Jinoyat 15.03.2018, 09:54
“Istiqlol” san`at saroyida jinoyatchi ushlandi

Konsertga ketayotgan odam, albatta, yaxshi madaniy hordiq chiqarishini o`ylab dili chog`, kayfiyati a`lo bo`lishi turgan gap. Lekin san`at saroyi ostonasiga kelgan tomoshabinning qo`liga kishan solinganini ko`rganmisiz yoki eshitganmisiz?

Ajabtovur holat, shunday emasmi? Ayniqsa, sevimli san`atkorining qo`shiqlarini eshitaman, deb uzoq viloyatdan kelgan odamga san`at saroyi ichiga kirish ham nasib qilmay sud zali qora kursisiga borib o`tirganiga nima deysiz?

Biroq, dono xalqimiz qilmish – qidirmish, deb bejiz aytmagan. Farg`ona shahridan Toshkentdagi “Istiqlol” san`at saroyiga kelgan Ilhom Jabborov balki yaxshi niyat bilan bu maskan ostonasiga qadam qo`ygandir, ammo uning cho`ntaklarida “yomon niyat” yashiringan edi. Ya`ni xavfsizlik yuzasidan tomoshabinlarni tekshirib o`tkazish punktida uning yonidan ko`p miqdordagi “Marixuana” va “Gashish” giyohvandlik vositalari chiqdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar Chilonzor tumani sudida ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi.
– Sudlanuvchi aybiga to`liq iqror bo`lib, o`zining iste`moli uchun sotib olgan giyohvandlik vositalarini yonida olib yurganini tan oldi, – deydi Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tumani sudi sudyasi Sarvar Oripov. - Sodir etilgan jinoyat guvohlarning ko`rsatmalari bilan ham o`z tasdig`ini topdi.

Sudlanuvchiga jazo tayinlashda uning aybini bo`yniga olgani va chin ko`ngildan pushaymon bo`lganini jazoni engillashtiruvchi holat, deb baholandi. Mazkur jinoyatni g`arazli va boshqa past niyatlarda sodir etganini jazoni og`irlashtiruvchi holat, deb baholandi. Jinoyatning xususiyati, ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash zarurligiga e`tibor qaratildi. I.Jabborovga Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo`llanilib, hukm shartli hisoblandi va 1 yil sinov muddati belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1