1

E`tibordan chetda qolgan o`quvchilar jinoyatga qo`l urdi

Jinoyat 15.03.2018, 12:51
E`tibordan chetda qolgan o`quvchilar jinoyatga qo`l urdi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida 5 mart kuni soat 08.30dan 14.00gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar Muqimiy ko`chasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan Sh. Mamatqulovaning uyiga kalit tanlash yo`li bilan kirib, xonasidan pullarini o`g`irlab ketganlar. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Guliston mahallasi Paxtakor ko`chasi 11-uyda yashovchi, Samarqandagi kollej o`quvchisi, 2000 yilda tug`ilgan Z.Yaxshiboev, va A.Qurbonov mahallasi Beruniy ko`chasi 4-uyda yashovchi, kollej o`quvchisi, 1999 yilda tug`ilgan F.Ma`rufovlar sodir etganliklari aniqlanib qo`lga olinganlar.

Shuningdek Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida 2018 yil 27 fevral soat 10.00dan 16.00gacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs Tinchlik ko`chasida yashovchi, D.Rasulovaning uyiga kalit tanlash yo`li bilan kirib, xonasidagi seyfidan pullari va turli xildagi zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkabog` tumanida yashovchi, maktab o`quvchisi, O.H sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1