1

AQShda odamlar ustiga ming tonnalik ko`prik quladi

Dunyo 16.03.2018, 00:45
AQShda odamlar ustiga ming tonnalik ko`prik quladi

Amerikaning Mayami shahridagi trassalardan birida joylashgan piyodalar ko`prigi qulashi oqibatida odamlar qurbon bo`ldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur ko`prik yangi qurilgan bo`lib, hali ishga tushirilmagan, u kelasi yilning boshida ochilishi ko`zda tutilgan edi. Shahar hukumatining rejasiga ko`ra, vayron bo`lgan ko`prik bolalarning maktabga borishlarida xavfsizlikni ta`minlashi lozim bo`lgan.

Nashrning xabar berishicha, arxitektorlar ko`prikning kuchli shamollarga dosh berish xususiyatiga ega bo`lishini loyihalashtirishgan. Ko`prikning og`irligi 960 tonna, uzunligi esa 52 metr bo`lgan. Qurilish ishlari uchun 11,4 million dollar miqdorida mablag` sarflangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1