AsosiyDunyo

Ukraina maktablarida fizika, kimyo, geografiya va yana bir qancha fanlar maktab dasturidan olib tashlanadi

'Ukraina maktablarida fizika, kimyo, geografiya va yana bir qancha fanlar maktab dasturidan olib tashlanadi'ning rasmi

Ukraina maktablarida oltita — biologiya, geografiya, fizika, kimyo, iqtisod va astronomiya fanlarini dasturdan olib tashlab, “tabiiy fanlar” nomi ostida bitta predmetga birlashtirish ko`zda tutildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Mazkur loyiha joriy yilning 1 sentyabridan boshlab, Ukraina umumta`lim maktablarida sinov tariqasida joriy etiladi. “Tabiiy fanlar” kursi avvalo aniq fanlardan imtihon topshirishni istamaganlar uchun mo`ljallangan.

Bu dastur ijtimoiy-gumanitar, sport va badiiy-estetik yo`nalishda ta`lim oluvchilar uchun ishlab chiqarildi. Bundan tashqari, “tabiiy fanlar”dan dars beruvchi o`qituvchilardan malaka oshirish kurslariga borish talab etilmaydi va majbur qilinmaydi.

2016 yilning avgust oyida Kiev Ukraina maktablarida birinchi va ikkinchi sinflarda qo`shuv amallarini o`rgatishni dasturdan butunlay olib tashlagan edi.

2017 yilning sentyabr oyida esa Ukraina yuqori Radasi maktablarda faqat ukrain tilida dars berilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar