AsosiyJamiyat

Toshkentda matematika va informatika bo`yicha festival bo`lib o`tadi

'Toshkentda matematika va informatika bo`yicha festival bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yil 1-3 aprel kunlari «Lomonosov – 2018» forumi doirasida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika va informatika bo`yicha festival bo`lib o`tadi.

Mazkur an`anaviy festival iste`dodli yoshlarni aniqlash va saralashga yo`naltirilgan bo`lib, unda qatnashish bepuldir. Buning uchun joriy yilning 30 martigacha http://msu.uz/forum2018 saytida ariza to`ldirish kifoya.

Festivalda mamlakatimizdagi umumta`lim maktablarining 9 va 10 sinflari, kasb-hunar kollejlari va akademik liseylar o`quvchilari ishtirok etishi mumkin. Bunda ishtirokchilarga bitta yoki bir vaqtning o`zida ikkita fan bo`yicha qatnashish imkoni beriladi. Ishtirokchilar uch kun davomida matematika va informatikaga oid masalalarni echadi.

Festival g`oliblari medallar va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi.

    Boshqa yangiliklar