Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida ko`cha tozalash ishlariga jalb qilingan o`qituvchini katta yo`ldagi to`siqlarni oqlash chog`ida yuk mashinasi urib ketgan, deb yozadi Xabar.uz.
Ushbu baxtsiz hodisa 14 mart kuni yuz bergan. O`qituvchi, 23 yoshli Diana Inikova zudlik bilan shifoxonaga olib borilishiga qaramay, vafot etgan. U kecha, 15 mart kuni dafn qilingan.
Ma`lumotlarga qaraganda, marhuma endigina oliy o`quv yurtini tamomlab, maktabda mehnat ta`limi fanidan dars bera boshlagan bo`lgan.






