AsosiySport

Shohruh Gadoev Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma tuzdi (foto)

'Shohruh Gadoev Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma tuzdi (foto)'ning rasmi

"Bunyodkor" jamoasining tajribali yarim himoyachisi Shohruh Gadoev "Key-Liga 2" a`zosi bo`lmish "Tedjon Sitizen" klubi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar berdi Shampionat.asia.

Kelishuv "2+1" shaklida uch yilga muljallangan.

26 yoshli chap qanot vingeri tedjonliklar tarkibida 30-raqam ostida o`ynaydigan bo`ldi.
Ko`pchilikning yodida bulsa kerak, "Tedjon Sitizen" jamoasining uy arenasi - Daejeon World Cup Stadium JCh-2002ning bir nechta uchrashuvlarini qabul qilgan edi. Guruh bosqichidagi JAR - Ispaniya 2:3, Polsha - AQSh 3:1 hamda jahon chempionatlari tarixidan alohida o`rin olgan 1/8 finaldagi Janubiy Koreya - Italiya 2:1 bellashuvlari shular jumlasidandir.


    Boshqa yangiliklar