— Mijozning talabidan kelib chiqib, kundalik foydalanish uchun ham ko`ylak tikib berishimiz mumkin. Bu xizmat 150-200 000 so`m atrofida bo`ladi. Oqshom liboslarining boshlang`ich narxi 500 000 so`mdan boshlanadi. Bezaklardan foydalanish, qo`l mehnati, qimmatbaho toshlarning ishlatilishiga qarab, narhi oshishi mumkin. Sizga bir sirni ochaman, ko`ylak tikishning asl narhi u qadar katta emas, ammo libosni bezatish uchun foydalaniladigan bezaklarga ko`p pul sarflanadi. Bichuvchi bichadi, tikuvchi tikadi, bezak beradigani alohida. Tushunganigizdek, daromad barcha xodimlarga taqsimlanadi.
16.03.2018 15:48
Shahzoda liboslarini nega 700 000 so`mga baholaganini izohladi






