1

Tailandda fillar bayrami nishonlandi (Video)

Dunyo 16.03.2018, 21:05
Tailandda fillar bayrami nishonlandi (Video)

Tailandda milliy bayram — fillar kuni nishonlandi, deb xabar berdi Evronyus nashri.

Qadimiy poytaxt Ayuttxay shahridagi bayram tantanalariga 70 ga yaqin jonivorlar olib kelinib, turli noz-ne`matlar bilan siylandi. Bayramni bunday keng tantana qilish 1998 yildan beri an`anaga aylangan. Tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari shu yo`l orqali aholiga ushbu jonivorning mamlakat tarixidagi o`rnini chuqurroq etkazishga urinmoqda.

Qadimdan fillar tailandliklarga qurilish ishlari va urushlar vaqtida eng yaqin ko`makchi bo`lib kelgan. Bugungi kunda esa ular mamlakatga minglab sayyohlarni jalb qilmoqda. Biroq brakonerlikning avj olishi oqibatida fillar populyasiyasi keskin ravishda qisqardi. Ayni damda mamlakat qo`riqxonalarida bor yo`g`i 3,5 minga yaqin fil yashamoqda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1