1

Iroqda jangarilar tomonidan vayron qilingan ko`prik qayta tiklandi

Dunyo 16.03.2018, 21:33
Iroqda jangarilar tomonidan vayron qilingan ko`prik qayta tiklandi

Iroqning Mosul shahrida IShID teroristik tashkiloti jangarilariga qarshi olib borilgan janglarda vayron bo`lgan ko`prik qayta tiklandi.

Ko`prikni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Abad ochib berdi. G`oyat muhim ahamiyatga ega ushbu ko`prik Tigr daryosi qirg`og`ida joylashgan Mosul shahrining ikki qismini bir-biri bilan bog`lab turadi.

Mamlakat transport tizimida ahamiyati beqiyos bo`lgan ushbu inshoot 2016 yilning dekabrida Mosulni terorchilardan ozod etish vaqtida AQSh boshchiligidagi harbiy havo kuchlari tomonidan Bag`dod hukumati iltimosiga binoan porlatib yuborilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1