1

AQShda eng yirik o`yinchoqlar do`konlari yopiladi

Dunyo 16.03.2018, 21:35
AQShda eng yirik o`yinchoqlar do`konlari yopiladi

Us kompaniyasi o`zining mamlakat hududida joylashgan 700 ta savdo do`konlarining barchasini yopishini ma`lum qildi.

Shuningdek, kompaniya o`zining Osiyo va Kanadadagi bo`limlarini qayta shakllantirishni va aksiyalarini sotib yuborishni rejalishtirmoqda. Yaqin kunlarda Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Polshadagi do`konlar faoliyati ham to`htatiladi. Butun dunyo bo`ylab Toys «R» Us kompaniyasining 1600 ga yaqin do`konlarida jami 65 000 nafar ishchi xizmat qiladi.

Kompaniya o`z faoliyatini to`xtatishi munosabati bilan 30 000 ga yaqin inson ishsiz qoladi. 70 yillik tarixga ega kompaniya Amazon va Walmart kabi Internet do`konlari bilan raqobat qilolmagani hamda bolalar orasida oddiy o`yinchoqlarga qaraganda turli-tuman elektron gajetlar va kompyuter o`yinlarining ommalashib ketgani tufayli o`tgan yildan e`tiboran jiddiy iqtisodiy muammolarga duch kelgandi.

Shu munosabat bilan qarzi 5 mlrd. dollarga borib etgan kompaniya o`tgan yili o`zining inqirozga uchraganini e`lon qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1