1

Slovakiyada jurnalistning o`limi sabab mamlakat siyosiy inqirozga uchradi

Dunyo 16.03.2018, 21:36
Slovakiyada jurnalistning o`limi sabab mamlakat siyosiy inqirozga uchradi

Slovakiyada jurnalist Yana Kusiak va uning dugonasi o`ldirilishi ortidan mamlakat siyosiy inqiroz ichida qoldi. Jurnalist hukumat siyosiy doiralarining Italiyaning jinoiy guruhi bilan aloqadorligini o`rganayotgan edi.

Xususan, u o`z maqolalarida mamlakat Bosh vaziri Robert Fisoni egallab turgan xizmat vakolatiga nomunosib kimsalar bilan aloqa qilyotganlikda ayblagandi. Jurnalist o`limi ortidan mamlakat fuqarolari Bosh vazir Fiso va uning hukumati iste`fosini talab qilib norozilik namoyishlari o`tkazayotgan edi.

Mazkur holat ortidan bosh vazir mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan to`polonning oldini olish maqsadida iste`foga chiqishini ma`lum qilgandi. Uning bu haqdagi arizasini Slovakiya Prezidenti Andrey Kiska ma`qulladi va yangi hukumatni shakllantirishni sosial-demokrat Peter Pellegringa yuklatdi. Bundan sal avvalroq Kusiak maqolalarida nomlari tilga olingan Bosh vazirning ikki yordamchisi ham egallab turgan lavozimidan chetlatilgan edi.

Shuningdek, mamlakat OAV ustidan nazorat olib boruvchi madaniyat vaziri ham ishdan ketgandi. Slovakiya Prezidenti Kiska hukumatni qayta shakllantirish bo`yicha olib borilayotgan keng ko`lamli tozalash ishlari ijtimoiy va siyosiy inqirozning oldini olishga yordam berishiga umid qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1