1

Farg`ona shahrida o`g`il o`z otasini pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 17.03.2018, 09:59
Farg`ona shahrida o`g`il o`z otasini pichoqlab o`ldirdi

Farg`ona shahrida yashovchi 23 yoshli yigit o`z otasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

"Farg`ona shahrida 14 mart kuni soat 22-10larda Yurtparvar ko`chasi 94-uyda yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan M.Mirzadavlatov Motrudiy ko`chasida joylashgan "Mirzadavlat" nomli oziq-ovqat savdo do`koni erto`lasida o`zaro janjal oqibatida 1968 yilda tug`ilgan otasi Q.Ochildinovga pichoq urgan. Natijada Q.Ochildinov kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan", — deyilgan IIV xabarida.

Huquq tartibot xodimlari tomonidan M.Mirzadavlatov qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1