AsosiyJamiyat

Yaponiyaliklar O`zbekiston sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirishmoqda

'Yaponiyaliklar O`zbekiston sayyohlik salohiyatiga katta qiziqish bildirishmoqda 'ning rasmi

Ma`lumki, Yaponiya fuqarolari uchun vizalar bekor qilinishi yapon ahlining yurtimizga bo`lgan qiziqishining tobora ortib borishiga yanada turtki bo`lmoqda. Yaqinda har kuni million nusxada chop etiladigan “Sports Hochi” nashrida chop etilgan maqolalardan birida O`zbekistonning sayyohlik salohiyati rang-barang suratlar bilan yoritildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati yaponlar tashrifi uchun ommabop va qiziqarli bo`lgan shaharlar sifatida Samarqand, Buxoro hamda Xivani e`tirof etish mumkinligi, shuningdek, mamlakat hududida buddizm davriga tegishli ko`plab yodgorliklar bo`lgan Surxondaryo viloyatini alohida ta`kidlab o`tish lozimligini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar