Namangan shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog`ida ilk bor “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivvvali o`tkaziladi. Shu munosabat bilan Namanganga bayram kunlari 5 tonnalik sumalak tayyorlash uchun Olmaliqdan ulkan o`choq-qozon keltirildi.

Uni pishirishga 25 nafar onaxon jalb etiladi. Festivalda 5 tonnalik sumalak tayyorlashga hozirlik ko`rilib, buning uchun ishlatiladigan masalliqlar tayyorlanmoqda. Sumalak Namanganga festivalga keladigan mehmonlar, shuningdek, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ehtiyojmand oilalarga tarqatilishi ko`zda tutilgan.






