AsosiyJamiyat

Farg`onaga qo`shni mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurishmoqda

'Farg`onaga qo`shni mamlakatdan mehmonlar tashrif buyurishmoqda'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi Botken viloyati gubernatori A.Xolmurzaev rahbarligidagi mehmonlar Farg`ona tumanidagi “Vodil” nazorat-o`tkazish maskanida viloyat rahbariyati va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida mehmondo`stlik an`analariga muvofiq karnay-surnay sadolari bilan kutib olindi.

Viloyat hokimligida bo`lib o`tgan uchrashuvda ikki davlat o`rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko`tarilganligi alohida ta`kidlandi.

Delegasiya a`zolari Farg`ona viloyatining iqtisodiy salohiyati hamda diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishdi. Viloyat markazidagi Islom Karimov nomidagi Teatr konsert saroyi, yopiq suzish havzasi, “Istiqlol” markaziy o`yingohi, hayvonot bog`i va boshqa joylarga sayohat mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

    Boshqa yangiliklar