AsosiyJamiyat

Termiz shahrida 700 o`rinli muhtasham San`at saroyi foydalanishga topshirildi (foto)

'Termiz shahrida 700 o`rinli muhtasham San`at saroyi foydalanishga topshirildi (foto)'ning rasmi

Yasharish va yangilanish bayrami arafasida Surxondaryo viloyati ahli uchun Termiz shahrida yangidan barpo etilgan muhtasham San`at saroyi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

700 o`rinli salobatli San`at saroyini barpo etishga 132 milliard so`mdan ortiq mablag` sarflandi. 32 gektar maydondan iborat hudud obodonlashtirilib, ko`rkam va go`zal go`shaga aylantirildi. 3 ming o`rinli Amfiteatr binosi, rangli favvora qurildi. Milliy va zamonaviy arxitektura echimlari asosida qad rostlagan bino eng so`nggi texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan. Xullas, muhtasham saroyda turli sahna asarlari va ko`ngilochar tomoshalarni keng namoyish etish uchun zarur qulaylik yaratilgan.

1.jpg

8.jpg

25.jpg
Tantanali tadbirda Mannon Uyg`ur nomidagi Surxondaryo viloyat musiqali drama teatri san`atkorlari saxnalashtirgan spektakllardan parchalar hamda san`at ustalarining konsert dasturi namoyish etildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi E.Turdimov so`zga chiqdi.

Ayni paytda Termiz shahrida madaniyat va san`at fidoyilari uchun ikkita ko`p qavatli yangi uy qurilmoqda. Teatr xodimlari uchun yana bitta ko`p qavatli uy-joy qurish ko`zda tutilgan. Bunday yuksak e`tibor ijodkor ziyolilarni yurtimizda yuz berayotgan o`zgarish va yangilanishlarga hamohang, hamnafas faoliyat yuritib, xalqimiz, ayniqsa yoshlarning ma`naviy dunyoqarashini yanada boyitishda muhim omil bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar