AsosiyJamiyat

Bayram arafasida Toshkent-Samarqand yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha reyslar qo`yildi

'Bayram arafasida Toshkent-Samarqand yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha reyslar qo`yildi'ning rasmi

Navro`z bayrami munosabati bilan «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi Toshkent-Samarqand-Toshkent yo`nalishi bo`yicha 20 mart kuni qo`shimcha reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Parvozlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

HY41 Toshkent — Samarkand, jo`nash vaqti — 19:30, etib kelish vaqti — 20:15.
HY42 Samarqand — Toshkent, jo`nash vaqti — 21:00, etib kelish vaqti — 21:45.

Oldinroq aviakompaniya Navro`z munosabati bilan chipta narxlariga 18—22-mart kunlari 30 foizdan 50 foizgacha chegirmalar joriy qilgani haqida xabar berilgan edi.

    Boshqa yangiliklar