AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Cobalt avtobus bekatiga urildi, 3 halok bo`ldi

'Qashqadaryoda Cobalt avtobus bekatiga urildi, 3 halok bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 16 mart kuni ro`y bergan YTHda 3 kishi halok bo`ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

"Soat 15:00 atrofida Maymanoq qishlog`ida yashagan, 1995 yilda tug`ilgan B. Xo`jaqulov Cobalt rusumli avtomobilini «Kasbi—Muborak—Qarliq» 4R-232 yo`lining 13-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmadi. Mashina shu erda joylashgan avtobus bekatiga borib urildi", deyilgan xabarda.

Hodisa oqibatida haydovchi B.Xo`jaqulov, yo`lovchilar A. Elmurodov va Sh Po`latov jarohat olib, voqea joyida hayotdan ko`z yumdi.

    Boshqa yangiliklar