AsosiyMoziydan sado

Amir Temur qurdirgan sardobalar sayyohlarni hayratga solishda davom etmoqda

'Amir Temur qurdirgan sardobalar sayyohlarni hayratga solishda davom etmoqda'ning rasmi

Rivoyatlarga ko`ra, Amir Temur askarlariga doimo ikki yoki uch donadan g`isht olib yurishni buyurgan. Buloq bo`ylarida dam olganda o`sha g`ishtlardan sardoba qurdirib, dam olish uchun maskan hozirlar ekan.

Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Sohibqiron Amir Temur farmoni bilan qurilgan sardobalar - Sirdaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida aniqlangan.

Sardoba – forscha so`z bo`lib, sovuq suv ma`nosini anglatadi. O`tmishda issiq o`lkamizda odamlar ichishga yaroqli suv manbaini hamisha ham topolmagan. Shu bois usti gumbaz bilan yopilgan, tarhi doira shaklidagi chuqur hovuz yoki suvdonlar barpo etilgan.

Movaraunnahrda 44 ta sardoba bo`lgan. Manbalarda, sardobani qurish juda murakkab va uzoq vaqtni talab qilgan bo`lib, uning usti gumbaz shaklida, hovuzining diametri 14-15 metr, chuqurligi 10-15 metrni tashkil etgan. Devorlari va gumbazi pishiq g`isht va ganch, poydevori esa tarashlangan toshlardan terilgan. Sardobani qurish uchun yog`och deyarli ishlatilmagan.

Misol uchun, Qarshi shahrida Amir Temur qurdirgan deya taxmin qilinadigan yirik sardoba bor. Ba`zi manbalarda u Abdullaxon II tomonidan bunyod etilgan deb ham aytiladi. Mazkur inshootni o`rgangan arxeologlar Registon maydoni yonidagi sardoba pishiq g`ishtlardan qurilgani va to`rtta kirish joyi bo`lganini aytishmoqda. Silindr ko`rinishidagi ichki suv havzasining diametri ancha katta 14 metr bo`lib, sardoba tubiga 40 zina bilan tushilgan. Sardoba gumbazi er yuzidan 7 metrgacha ko`tarilib turgan Sardobaning qurilish uslubi, suvni toza saqlash va suvini ishlatishning o`ziga xos ekologik jihatlari bo`lgan. Sardoba qurilishi uchun suv, tuproq va qum alohida toza joydan, ganch Qorovulbozor, Nurotadan olib kelingan. Qumga yantoq, qamish, yulg`un kuli qo`shilgan. Inshoot uchun ishlatiladigan g`isht ham issiq va sovuqqa g`oyat chidamli bo`lishi lozim bo`lgan. Loy yaxshi pishitilgan va unga tuya juni qo`shilgan. Xom g`isht 1-2 yil quyosh jaziramasida toblangan, ularni pishitib, g`ishtlar chertib, saralab olingan. Buni obi g`isht deyishgan. Xumdonga tut, o`rikning quritilgan novdalari yoqilgan. G`ishtlarni bir-biriga yopishtiradigan qorishma loy, suvdan tashqari qo`y suti, tuya juni ham qo`shilgan.

O`zA xabariga ko`ra, natijada inshoot yanada mustahkam bo`lib suv chiqib ketmagan va undagi suv hattoki 2-2,5 yilgacha o`zining tabiiy xususiyatini saqlagan. Suv qishda issiq, yozda sovuq holda turgan. Sardobaning osti doira shaklida bo`lib, suv sizib ketmasligi uchun 3 qavat qoramol, tuya terisi, 3 qavat kigiz ustiga bir qavat ganch, eng yuqorisiga sifatli g`isht yotqizilgan.

O`tmishdagi bosqinchilik urushlari, talato`plarda boshqa obidalar qatori Qarshidagi sardoba, ayniqsa, uning noyob gumbaziga qattiq shikast etkazilgan. Bizgacha sardobaning faqat er ostidagi qismigina saqlanib qolgan edi. Mustaqillik yillarida mazkur sardoba to`liq qayta ta`mirlanib, asl holida qayta tiklandi va sayyohlarni hayratga solishda davom etmoqda.

O`zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron shahanshohining o`zbek tilidagi farmoni'ning rasmi

    Moziydan sado 17.02.2024 23:35

    'Bobur sirg`a taqqanmi?'ning rasmi

    Moziydan sado 13.02.2024 23:27

    'Sayyid Olimxon: G`ariblikda jon bergan amir'ning rasmi

    Moziydan sado 04.02.2024 23:42

    'Behbudiyning qabri qaerda?'ning rasmi

    Moziydan sado 27.01.2024 22:58