AQShning Merilendidagi maktablardan birida otishma bo`lib o`tdi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Shtat polisiyasining aytishicha, otishmani uyushtirgan gumondor shaxs mazkur maktab o`quvchisi bo`lgan. Qo`liga qurol ushlagan o`quvchi maktab binosiga kirib, o`q uza boshlagan. Natijada ikki o`quvchi yarador bo`lgan.
Qo`lga olingan jinoyatchi-o`quvchining o`zi ham ofiser bilan bo`lgan otishmada yarador bo`lgan.







