1

Britaniyalik yigit kinoteatrda vahimaga tushib olamdan o`tdi

Dunyo 21.03.2018, 18:41
Britaniyalik yigit kinoteatrda vahimaga tushib olamdan o`tdi

Buyuk Britaniyada kinoteatrga tushgan bir yigit halok bo`ldi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.

Voqea Birmengem kinoteatrida ro`y bergan. Britaniyalik ko`ngil qo`ygan qizi bilan kinoga tushgan. Kino seansi paytida yigit bexosdan telefonini ikki buklama stul orasiga tushirib yuborgan. Telefonini olishga harakat qilayotgan stullardan biri yopilib qolgan va stul tagligi yigitning boshiga urilgan. Qo`li qisilib qolgan yigit vahimaga tushgan va yuragi huruj qilib qolgan.

Yordamga kelganlar uni kasalxonaga olib borishgan. Oradan bir hafta o`tib yigit olamdan o`tgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1