Kegeyli tumanida cport murabbiyi tan jarohati etkazib, o`zganing umriga zavol bo`ldi.
"19 mart kuni soat 14.00larda A.Mambetnazarov ko`chasi 25-uyda yashovchi, 1-sonli sport maktabi murabbiyi, 1996 yilda tug`ilgan M.A. Aktuba OFY hududida o`zaro janjal oqibatida 1992 yilda tug`ilgan R.I.ni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan", - deyilgan IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarda.
Natijada R.I kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. M.A qo`lga olingan.