AsosiyJinoyat

Qo`qonda avtomashina o`rindig`i ostidan qariyb 6 kilogramm marixuana topildi

'Qo`qonda avtomashina o`rindig`i ostidan qariyb 6 kilogramm marixuana topildi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Qo`qon shahrida qariyb 6 kilogramm marixuana topildi, deb xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 mart kuni IIBga tushgan ma`lumotga ko`ra, “Achchiqqo`l” dahasi 42-uyda yashovchi, 1969 yilda tug`ilgan B.Q. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Charxiy ko`chasida tekshirilganida, haydovchi o`rindig`i ostidan polietilen qopga solingan 5 kilogramm 817 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

    Boshqa yangiliklar