“Sug`diena” gazetasi Ra`no Shodieva bilan suhbatlashdi. Aktrisa suhbat davomida yosh ko`rinish siri bilan o`rtoqlashdi...
— Yosh ko`rinishimning siri oilaviy xotirjamlikka bog`liq. Turmush o`rtog`ingiz sizni tushunsa, sevsa, farzandlaringiz sog`-salomat bo`lishsa, har taraflama ko`mak berishsa, kun sayin yosharib boraverasiz. Negaki, ko`nglingiz xotirjam bo`ladi. Bundan tashqari, yosh ko`rinishning siri genga ham bog`liq, nazarimda. Ota-onam yoshlariga nisbatan navqironlar.






