O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda Xalq qabulxonalari orqali vazirlik va idoralarga 2017 yilda 372,1 ming murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatning 1462 tasi belgilangan muddati buzilgan holda ko`rib chiqilgan.
Bu haqida Vazirlar Mahkamasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko`rib chiqish natijalari bo`yicha o`tkazilgan majlisda ma`lum qilindi, deb yozadi O`zA.
Eng ko`p muddat buzilishlar – Madaniyat ishlar vazirligida – 539 ta, “O`zbekenergo” kompaniyasida – 338 ta, “Ergeodezkadastr” qo`mitasida – 183 ta, Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vazirligida – 136 tani tashikl etgan.
Mahalliy ijro hokimiyati organlarida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalaridan kelib tushgan 30,4 ming murojaatning belgilangan muddatlari buzilgan holda ko`rib chiqilgani aniqlangan.
Muddat buzilish holatlari Farg`ona viloyati hokimligida 9,8 ming Andijon viloyati hokimligida 6,5 mingtani tashkil etadi.
24.03.2018 11:19
Murojaatlarni ko`rib chiqishda mas`ulyatsiz organlar nomi ma`lum bo`ldi






