Sa`dullaevlar sulolasining davomichisi Muqaddas Sa`dullaeva So`nggi paytlarda ekran yuzidan tushmay qolgani rost. Aktrisaning vaqti ziq bo`lsa ham, qisqa ammo qiziqarli savollarimizga javob berishga muvoffaq bo`ldik...
— Dod degingiz keladi, qachonki...
— Tuhmat, xiyonatni ko`rganimda...
— Atrofingizdagilar «Bo`lmaydi», «Ishonma», «Hammasi bekor» deyishayapti?..
— Ularni ham tinglayman, ammo o`z bilganimni ma`qul ko`raman.
— O`zingiz uchun to`g`ri deb bilasiz?
— Birovning haqiga xiyonat qilmaslikni, sadoqatli bo`lishni...
— Muqaddasning baxt formulasi?..
— To`kis baxtli oila, farzandlarim, ota-onamning sog`-omonligi!






