AsosiyJamiyat

Sodiq Safoev Afg`onistondagi mojarolarning asl sabablarini ma`lum qildi

'Sodiq Safoev Afg`onistondagi mojarolarning asl sabablarini ma`lum qildi'ning rasmi

Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi matbuot markazida navbatdagi sessiya yig`ilishi bo`lib o`tmoqda, deya xabar bermoqda O`zA.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoevning qayd etishicha, turli mintaqalardan Afg`onistonga qurol-yarog` etkazib berish bo`yicha barcha ta`minot bajarilmoqda. Biroq qo`shni afg`on diyorida diplomatiya va siyosiy sa`y-harakatlar borasida taqchilliklar bor. Bugun Afg`onistonda yuz berayotgan notinchliklarning asosiy sababi ham shunda.

U Afg`onistonda tinchlikka erishishning ahamiyati haqida to`xtalib, “Ushbu mamlakatda tinchlik o`rnatish mintaqada nafaqat barqaror rivojlanishning muhim omili, balki Osiyoni Evropa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorligini faollashtirish, tranzit-transport imkoniyatlarining integrasiyalashuvini ta`minlash imkoniyati hamdir”, deb ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar