AsosiyJamiyat

Xorijda jabrlangan O`zbekiston fuqarolariga ijtimoiy yordam ko`rsatiladi

'Xorijda jabrlangan O`zbekiston fuqarolariga ijtimoiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Hokimliklar zimmasiga xorijiy davlatlarda favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo`lganlarning oila a`zolariga ijtimoiy yordam ko`rsatish vazifasi yuklandi. Bu Hukumatning 18 martdagi qarorida ko`zda tutilgan, deb xabar qiladi Adliya vazirligining Telegram kanali.

Hujjatda belgilanishicha, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O`zbekiston fuqarolariga yordam ishlarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining zahira mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko`rsatish, halok bo`lganlarni evakuasiya qilish tartibi belgilab bermoqda.

Xususan, xorijiy davlatlar hududida sodir bo`lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida O`zbekiston fuqarolari jabrlangan taqdirda 3 soat ichida Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog`liqni saqlash va boshqa vazirlik idoralarning vakillaridan iborat maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo`lgan hududga uchib (jo`nab) ketishi lozim.

Shuningdek, nizomda har bir tashkilotning favqulodda vaziyat sodir bo`lganda bajarishi lozim bo`lgan funksiyalari belgilab berilmoqda.

Masalan, endilikda mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo`lganlarning oila a`zolariga ijtimoiy yordam ko`rsatishi lozim.

    Boshqa yangiliklar