AsosiyJamiyat

VVS News telekanali muxbirlari orol dengizi haqida ko`rsatuv tayyorlaydi

'VVS News telekanali muxbirlari orol dengizi haqida ko`rsatuv tayyorlaydi'ning rasmi

Dunyodagi eng yirik mediakompaniyalardan biri, Buyuk Britaniya teleradiokorporasiyasi – “BBC News” telekanali muxbirlari joriy yilning 27 martidan 6 aprelgacha Qoraqalpog`istonda ijodiy safarda bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda Qoraqalpog`iston axborot agentligi xabar beradi.

Orol dengizi qirg`og`ida o`rmonzorlarning qayta tiklanishi bo`yicha ko`rsatuv tayyorlash telekanal ijodkorlarining asosiy ob`ekti hisoblanadi.

O`n kunlik safar davomida «BBC News» telekanali xodimlari global muammolardan biri sanalgan ob-havo haroratining keskin ko`tarilishi va jahonda yuz berayotgan boshqa ekologik muammolarni aks ettiruvchi “Taking the Temperature” ko`rsatuvi uchun maxsus reportaj tayyorlaydi.

    Boshqa yangiliklar