AsosiyDunyo

O`zbekiston havo shari Chimkentda uchirildi

'O`zbekiston havo shari Chimkentda uchirildi'ning rasmi

Janubiy Qozog`iston viloyati markazi Chimkent shahrida ilk bor havo sharlarining “Ochiq osmon” festivali bo`lib o`tdi.

Bu haqda “QazAqparat” xalqaro axborot agentligi xabariga ko`ra, festivalda Qozog`iston, Ukraina, Rossiya, Turkiya, Qirg`iziston va O`zbekiston vakillarining havo sharlari osmonga ko`tarilgan.

Tajribali uchuvchilar mehmonlarga sharni havoda nozarat qilish bo`yicha mahoratini namoyish etdi. Festival ishtirokchilari uchun turli yutuqli o`yinlar, konsert dasturi tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar