1

London metrosida amalga oshirgan jinoyati uchun Axmad Xasanga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Dunyo 25.03.2018, 18:58
London metrosida amalga oshirgan jinoyati uchun Axmad Xasanga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

Iroqlik Axmad Hasan faqat 34 yillik hibsdan keyingina muddatdan oldin ozodlikka chiqishi mumkin. 2017 yil sentyabrda London metrosida amalga oshirgan jinoyati uchun Axmad Xasanga umrbod qamoq jazosi tayinlandi. London markaziy jinoyat sudi sudyasining fikricha, ayblanuvchi qo`lbola portlovchi uskuna yordamida iloji boricha ko`roq insonni qurbon bo`lishi harakatida bo`lgan.

Hasan bir hafta oldin aybdor deb topilgandi. 18 yoshli Iroq fuqarosi sud vaqtida hech kimning jabrlanishini istamaganligini va o`sha vaqtda “ruhiy zo`riqish xolatida” bo`lganini qayd etgan. Shuningdek, Iroqda bo`lgan vaqtida jangarilar uni o`g`irlab ketishgani va lagerda mashg`ulot o`tishga majburlashganini ta`kidlagandi.

Portlovchi uskunani qo`yishga qadar Hasan o`zining tutingan ota-onasining Londondagi uyida istiqomat qilgan. 2017 yilning 15 sentyabr kuni London metropolitenining Parsons Green er usti stansiyasidagi odamlar gavjum bo`lgan poezdda yuz bergan portlash oqibatida 30 kishi jabrlandi. Qo`lbola portlovchi qurilmada metall bo`laklar, burama mixlar va kichik tig`lar ham bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1