AsosiyJamiyat

Xatirchi uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylanadi

'Xatirchi uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylanadi'ning rasmi

Prezidentimizning joriy yil 2 mart kuni Navoiy viloyatiga tashrifi davomida ana shunday topshiriq berilgan edi. Ayni vaqtda Xatirchi tumanini uzumchilikka ixtisoslashgan namunaviy tumanga aylantirish maqsadida sohaga ilg`or agrotexnik tadbirlarni joriy etish borasida fermerlarni va tomorqa egalarining kasbiy mahoratlarini oshirishga e`tibor qaratilmoqda.

Innovasion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Navoiy viloyati va Xatirchi tumani hokimliklari hamkorlikda o`tkazgan «Uzumchilik sohasini rivojlantirish, meva va sabzavotlarni innovasion quritish» mini-texnologiyasi mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar ulardan biri.

Unda fermer xo`jaliklari va soha mutaxassislarini uzumchilikning amaldagi me`yoriy-huquqiy asoslari va ilg`or agrotexnologiyalarni chuqur o`zlashtirish asosida kasbiy mahoratlarini oshirish, bilim va ko`nikmalarini shakllantirishga alohida to`xtab o`tildi. Olimlar uzum etishtirish, kasallik hamda zararkunandalardan himoya qilish, etishtirilgan hosilni saqlash va qayta ishlab quritish bo`yicha taqdimot o`tkazdilar.

Seminar doirasida olimlar Tasmachi hududida barpo etilgan tokzorda fermerlar, mutaxassislar va tomorqa egalariga tokni parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni qanday tartibda o`tkazishni ko`rsatib, maslahatlar berishdi, deb yozadi O`zA.

Ishtirokchilarga “Xatirchi tumani sharoitida tokzorlardan yuqori hosil olishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo`yicha” tavsiyanomalar va boshqa materiallar tarqatildi.

    Boshqa yangiliklar