AsosiyJamiyat

Zangiotada Matiz haydovchisi 21 yoshli qizni urib yubordi

'Zangiotada Matiz haydovchisi 21 yoshli qizni urib yubordi'ning rasmi

Zangiota tumanida Matiz haydovchisi urib yuborgan 21 yoshli qiz vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xabar berdi.

2018 yil 25 mart kuni soat 02:00 larda Matiz rusumli avtomobil «Toshkent—Sergeli» avtomobil yo`lining 1-kilometrida 1997 yilda tug`ilgan, surxondaryolik qizni urib yuborgan. Ma`lumotlarga ko`ra, Matiz’ni 1991 yilda tug`ilgan bekobodlik fuqaro boshqarib ketayotgan bo`lgan.

Oqibatda 21 yoshli qiz «bosh miya lat eyishi, bosh miya yopiq jarohati, ko`krak qo`shma jarohati, koma holati» tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonada ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

Holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar